Rasman: Quvondiq Ro'ziev Malayziya klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2023
Yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev faoliyatini Malayziyada davom ettiradi.

Bugun Malayziyaning "Sri Paxang" jamoasi rasman transferni e'lon qildi. 

Shartnoma shartlari oshkor etilmadi. 

Transfermarkt portali futbolchini 250 ming evroga baholagan.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum "Turon" safida 16 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia