

Avvalroq, 24 yoshli xavbekning bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi haqida ma'lum qilgandik.
Barchasi ijobiy yakunlanadigan bo'lsa, Rabio "Yuve" bilan to'rt yillik shartnomaga imzo chekadi. Unga shuningdek, "Barselona", "Bavariya", "Tottenxem" kabi jamoalar ham qiziqish bildirgandi.
Alohida aytish kerakki, "Yuventus" fransiyalik futbolchini tekinga qo'lga kiritmoqda. Rabio parijliklar bilan shartnomasini uzaytirmagani sabab, 1 iyul kuni erkin agentga aylandi.



