Rasman: Pep Gvardiola "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
22 noya 2024
Pep Gvardiola uchun ushbu mavsum "Manchester Siti" bilan hamkorlikdagi so'nggisi bo'lmaydi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, shartnoma yana ikki yilga uzaytirildi va 2027 yil yoziga qadar mo'ljallandi.

Gvardiola "Manchester Siti" bosh murabbiyi sifatida 8 mavsum o'tkazdi va shularning 6tasida chempionlikka erishdi, shuningdek, bir marta YCHL sovrinini qo'lga kiritdi.

Umumiy hisobda "Manchester Siti"da 490 o'yinda ishladi va unda 360 g'alaba, 60 durang va 70 mag'lubiyat qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/ManCity