Rasman: O'zbekiston MTJ sentyabrda Tojikiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
24 iyun 2020, 11:38
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o'tkazadi.

Ushbu bahslarga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rish maqsadida, MTJ uchun sentyabr oyida Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi.

Mazkur yig'in doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy terma jamoamiz Tojikiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 4 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida  bo'lib o'tishi belgilandi.


Ma'lumot uchun, tomonlar 31 mart sanasida o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazishlari kerak edi. Ammo, pandemiya sabab o'yin bekor qilingandi.

Rasmiy xabar: O'zbekiston terma jamoasi o'yini bekor qilindi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz