Rasman: Olimpiada bronza medali sohibi "Mashal"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2025
Muborakning "Mashal" jamoasi o'z safiga yana bir tajribali legionerni qo'shdi.

Nigeriyalik vinger Umar Aminu klub bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

30 yoshli futbolchi Nigeriya milliy terma jamoasi sobiq a'zosi hisoblanadi. U o'z faoliyati davomida Turkiyaning "Samsunspor", "Osmanlispor", "Rizespor", "Bodrum", "Bandirmaspor", "Tuzlaspor", "Beykoz Anadolu", shuningdek, Kiprning “Mirakl Degirmenlik" jamoalarida to'p tepgan.

Turkiya Superligasida 159 uchrashuv o'tkazgan Umar Aminu o'zining boy tajribasi va yuqori saviyadagi o'yinlari bilan "Mashal" jamoasi yarim himoyasiga kuch va barqarorlik olib kirishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Aminu 2016 yil Nigeriya bilan Riodagi Olimpiya O'yinlarida bronza medaliga ega chiqqan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати