Rasman: Olich - "Gamburg" futbolchisi

"Volfsburg" hujumchisi Ivica Olich o'z faoliyatini bundesliganinig boshqa bir jamoasi "Gamburg" safida davom ettiradigan bo'ldi.
Xorvatiyalik futbolchi "Gamburg" bilan 2016 yilga qadar shartnoma tuzdi.
Eslatib o'tamiz, Ivica Olich uchun bu jamoa begona emas. Olich Rossiyaning SSKA jamoasidan so'ng aynan "Gamburg" tarkibiga kelib qo'shilgan edi va bu jamoada ikki mavsum harakat qilgan.

Manba: soccer.ru