Rasman: OKMK 2 futbolchisi bilan shartnoma uzaytirilganini kreativ uslubda e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2024
Ayni paytda Superliga bahslari qizg'in pallaga kirib bo'lgan.

Chempionlik uchun kurashni davom ettirayotgan Olmaliqning OKMK klubi 2 nafar yosh o'yinchilari bilan shartnoma uzaytirilganini o'zgacha uslubda e'lon qildi. Nodir Abdurazzoqov va Aziz Xolmurodovlarning har ikkisi bilan kelishuv 2027 yilgacha uzaytirildi. Shartnoma uzaytirilgani rasmlarini o'zingiz tomosha qiling. Video lavhani esa OKMK klubi telegram kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, Aziz Xolmurodov joriy mavsum Superliga va O'zbekiston kubogida jami 6ta gol urib 2ta assist bergan. Nodir Abdurazzoqov esa 2ta gol urgan va 4ta assist bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати