Rasman: OKMK "Bunyodkor" sardori bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2024
Jamoa bo'lajak mavsum oldidan navbatdagi transferi haqida ma'lumot berdi.

"Avazbek O'lmasaliev 2000 yilning 27 mart sanasida Farg'ona shahrida tavallud topgan. Faoliyati davomida Farg'onaning "Neftchi", Toshkentning "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalarida to'p tepgan markaziy himoyachi bo'lajak mavsumda "konchilar" sharafini himoya qiladi. OKMK va futbolchi o'rtasida 2 yillik (1+1) shartnoma imzolandi", – deyiladi olmaliqliklar xabarida.


23 yoshli himoyachi Superliga bahslarida jami 111 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 8 ta gol urishga erishgan.

Ma'lumot uchun, O'lmasaliev 2023 yil "Bunyodkor" safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати