

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, angliyalik futbolchi 2,5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu klubning saudiyaliklar qo'liga o'tganidan keyingi ilk yirik transferi.
"Men ushbu aqlbovar qilmas klubga o'tishdan mamnunman. Men Madridda o'tgan vaqtlarimdan katta zavq oldim, ammo "Nyukasl"ning qiziqishini bilgach, bu yerda bo'lishni xohlayotganimni bildim, sababi men Eddi Xau bilan oldin ishlaganman", - deydi Tripper.
Tripper "Atletiko"ga 2019 yilda o'tguniga qadar "Tottenxem" va "Byornli" jamoalari safida to'p tepgan.





