Rasman: Nikola Lazarevich - “Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyi

Aziz Tukhtamuradov
29 yanv 2022
“Qizilqum” jamoasi yangi bosh murabbiyini tanishtirdi.

Faoliyati davomida Tojikiston kubogi va chempionligini qo'lga kiritgan, Serbiya yoshlar terma jamoasi va Tojikiston terma jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Tojikiston va Xitoy hamda Liviya davlatlari jamoalarida bosh murabbiy bo'lib ko'plab natijalarga erishgan, tajribali murabbiy Nikola Lazarevich yangi mavsumda "Qizilqum" bosh murabbiyi lavozimida ish boshlaydi. 

Nikola Lazarevich haqida qisqacha ma'lumot:

Ismi sharifi: Nikola Lazarevich 

Tug'ilgan sana: 29.01.1978. y

Tug'ilgan joyi: Serbiya

Millati: serb


Nikola Lazarevich ishlagan jamoalar: Serbiya terma jamoasi (U-21), “Car Konstantin” (Serbiya), “Radnichki” (Serbiya), “Istiqlol” (Tojikiston), Tojikiston terma jamoasi, “Xo'djand” (Tojikiston), “Al – Taavun” (Saudiya Arabistoni).


Avvalroq, championat.asia murabbiyning "Qizilqum"da ish boshlashi haqida xabar bergandi: Eshitdik-da! "Qizilqum"da serbiyalik murabbiy ish boshlashi mumkin


"Qizilqum" katta va jiddiy loyiha. Alisher Jalilov AGMKda zo'rlaridan biri bo'ladi" - Nikola Lazarevich



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/PFC_Qizilqum