

Navbahor futbolchisi faoliyatini Metallurgda davom ettirishga yaqin
Biroz oldin PFL matbuot xizmati "Navbahor" Asadbek bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini e'lon qildi. U rasman namanganliklar safini tark etdi.
Sobirjonov uchun kurashga "Metallurg"dan tashqari Toshkent viloyatining boshqa bir jamoasi OKMK ham qo'shilgan. Futbolchi yakunda qaysi jamoaga o'tishini vaqt ko'rsatadi.




