Rasman: "Nasaf"ni tark etgan Stanoevich "Dinamo"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
28 dek 2024
Superliga-2025 mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirayotgan "Dinamo" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

O'tgan yillar davomida "Nasaf" klubidagi o'yinlari orqali muxlislarga tanilgan Marko Stanoevich "Dinamo" jamoasi a'zosiga aylandi. Serbiyalik tajribali yarim himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. U samarqandliklar safiga erkin agent maqomida qo'shildi. Marko "Dinamo"ning yanvar oyi boshida Toshkentda o'tkaziladigan yig'iniga kelib qo'shiladi.

Stanoevich Superliga 2024 yilgi mavsumida 24 o'yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan va yakunda O'zbekiston chempioni bo'ldi. Marko OCHL joriy mavsumida ham 6 o'yinda to'p tepdi. U Superligada jami 111 o'yinda 15ta golga mualliflik qilgan. OCHLda ham jami 5ta gol kiritgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/FCDinamo1960