Rasman: “Napoli” bosh murabbbiyi Mauricio Sarri iste'foga chiqdi

23 may 2018, 22:20
“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis bosh murabbiy Mauricio Sarri iste'fosini e'lon qildi.

“Mauricio Sarriga “Napoli”dagi mehnati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiraman. U yaratgan o'yin uslubi barchani hayron qoldirdi. Bravo, Mauricio!”, – deb yozadi De Laurentis Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq, Sarri Rossiyaning “Zenit” klubida ish boshlashi, “Napoli”ni esa Karlo Anchelotti boshqarishi haqida xabar berilgandi.


Manba: Twitter/Аурелио Де Лаурентис