Rasman: Mirjahon Mirahmadov - "Paxtakor" futbolchisi

Tolibjon Qosimov
5 yanv 2022
"Sherlar" safiga "Bunyodkor"dan hujumchi kelib qo'shildi.

Mirjahon Mirahmadov erkin agent sifatida jamoa bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. Hozirga qadar u Superligada "Bunyodkor" va "Obod" jamoalari safida maydonga tushgan. 79 bellashuvda 20 gol muallifiga aylangan.

"Derbilarda Mirjahon "Paxtakor" darvozasini 4 marta ishg'ol qilgandi. Umid qilamizki, Mirahmadovning "Paxtakor"dagi faoliyati omadli bo'ladi va u jamoamiz bilan sovrinlarga ega chiqadi.

"Paxtakor"ga xush kelibsan, Mirjahon!" - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.


Eslatib o'tamiz, "Championat.asia" sayti 1 yanvar kirib kelgan soatda bu haqda "Eshitdik-da" rukni orqali xabar bergan edi.

Eshitdik-da! Mirjahon Mirahmadov - "Paxtakor" futbolchisi 






Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати

O'xshash yangiliklar