Rasman: "Mashal" tarkibni legioner himoyachi bilan kuchaytirdi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2026
Muborakning "Mashal" jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini izchil davom ettirmoqda.

"Klub rahbariyati rossiyalik markaziy himoyachi Roman Xodjiev bilan shartnoma imzolaganini rasman ma'lum qildi.

191 santimetr bo'yga ega himoyachi jismoniy jihatdan baquvvatligi hamda havodagi kurashlarda ustunligi bilan ajralib turadi. Roman Xodjaev Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega bo'lib, faoliyati davomida "Torpedo" Vladimir hamda "Molodechno-2018" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 100 ming evro atrofida baholamoqda. Xodjiev "Mashal" safiga erkin agent sifatida qo'shildi", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати