

34 yoshli futbolchi "Antalyaspor" a'zosiga aylandi. Avvalroq, forvard ushbu jamoa bilan yarim yillik kelishuvga erishgani aytilgandi.
Podolski 18 yanvar kuni “Vissel Kobe”ni tark etdi va erkin agentga aylandi.
Lukas 2015-2017 yillarda Turkiya chempionatining boshqa bir jamoasi “Galatasaroy” safida o'ynab, 56 o'yinda 20 gol urishga erishgan.
Ma'lumot o'rnida, "Antalyaspor” Superliga joriy mavsumining 18-turidan keyin 14 ochko to'plagan holda autsayderlar qatori, yani, 16-o'rinda bormoqda.




