Rasman: Karlush Keyrush Qatar terma jamoasidan iste'foga chiqarildi

Administrator
6 dek 2023
Bosh murabbiy Osiyo kubogiga qisqa muddat qolganda iste'foga chiqarildi.

Qatar futbol associaciyasi terma jamoa bosh murabbiyi Karlush Keyrush bilan shartnomani ikki tomonning kelishuviga ko'ra bekor qilganini e'lon qildi. Osiyo kubogiga oz fursat qolganda qatarliklar shunday qarorga kelishgan.

Qatar terma jamoasini Osiyo kubogida hozirga qadar "Al Vakra" klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Markes Lopes boshqarib boradi. 

Markes Lopes va "Al Vakra" klubi bizga begona emas. Qatar jamoasi shu yilgi OCHL saralash bosqichida "Navbahor" jamoaga duch kelgan va imkoniyatni boy bergandi.

"Al Vakra" murabbiyining laqabi mashhur komiks qahramoni nomidan olingan


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/QFA_EN