"Al Ittihod" matbuot xizmati Karim Benzemaning transferini e'lon qildi.
35 yoshli fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Oldinroq ma'lum bo'lganidek, futbolchi yangi klubida 200 mln evro maosh oladi.
Bunga qadar Benzema 14 yil mobaynida "Real" sharafini himoya qildi.