Rasman: Jeyms Milner "Liverpul"dagi sakkiz yillik faoliyatidan so'ng, "Brayton" klubi futbolchisiga aylandi

Administrator
14 iyun 2023
Mersisaydliklar afsonasisi keyingi mavsumni "Brayton" safida boshlaydi.

"Liverpul" klubi futbolchisi Jeyms Milner rasman "Brayton" klubiga o'tdi. Futbolchining shartnomasi 30 iyunda yakunlanadi va shundan so'ng, u "Brayton" futbolchisiga aylanadi. 

"Brayton" va Milner 1+1 ko'rinishida shartnoma imzolashdi.

Ma'lumot uchun, Jeyms Milner "Liverpul"da sakkiz yillik faoliyat olib bordi. Shu davr mobaynida u APL, YCHL, Angliya kubogi, Yevropa Superkubogi va Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatinida g'oliblikni qo'lga kiritdi.


AdministratorMuallif
Manba: www.brightonandhovealbion.com