Rasman: Jenk Tosun London klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
10 yanv 2020
"Everton" futbolchisi Jenk Tosun "Kristal Pelas"ga o'tdi.

Tosun "Kristal Pelas"da mavsum so'nggiga qadar ijara asosida harakat qiladi.

Turkiya terma jamoasi o'yinchisi "Everton" safida 44ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Kristal Pelas" APLda 21 turdan so'ng 28 ochko to'plagan holda musobaqaning 9-o'rnida bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/CPFC