Rasman: Islom Kenjaboev - "Navbahor" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
1 yanv 2021
1999 yil 1 sentyabrda Navoiy shahrida tug'ilgan futbolchi "Navbahor" tarkibiga o'tdi.

“Nasaf”, “Qizilqum”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Cheju Yunayted” klublaridagi o'yinlari orqali ko'pchilikka yaxshi tanish futbolchi. O'zbekiston U-19 va U-23 terma jamoalari yetakchilaridan biri bo'lgan. 2018 yilning 19 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini nishonlagan.

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Qizilqum"da o'tkazgan futbolchi 10 o'yinda maydonga tushgan.

Futbolchi 2021 yilning 28 noyabr kungi intervyusida "Navbahor"ga o'tmaganini aytib o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати