Rasman: Filippe Koutino Qatar klubiga o'tdi

Mirjalol Normatov
8 sen 2023
"Aston Villa" futbolchisi Filippe Koutino faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

Braziliyalik futbolchi 1 mavsum mobaynida "Al Duhayl" tarkibida ijarada o'ynaydi. 

2018 yilda "Liverpul"dan 142 mln evro evaziga "Barselona"ga o'tgan futbolchi o'tgan yozda "Aston Villa" bilan 4 mavsumlik shartnoma imzolagandi. Endi u faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.

Futbolchi o'tgan mavsum APLda 20 o'yinda maydonga tushib, 1 golning muallifi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Al Duhayl" OCHLda Tojikistonning "Istiqlol", Eronning "Persepolis" hamda Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoalariga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia