Rasman: FIFA "Bunyodkor"dan transfer taqiqini olib tashladi

Tolibjon Qosimov
3 apr 2024, 13:22
Kecha "Bunyodkor" futbol klubi jamoaning sobiq o'yinchilari Rivaldo va Denilsonning oldidagi qarzdorlik bo'yicha kelishuvga erishgani bo'yicha xabar berilgan edi.

Rasmiy xabar: "Bunyodkor" Rivaldo va Denilson bilan kelishib oldi. Qarzlar to'liq beriladimi?

Bugun Xalqaro futbol Assotsiatsiyalari federatsiyasi – FIFA klub oldiga qo'yilgan transfer taqiqi echilgani bo'yicha rasmiy xat jo'natdi.

"Bunyodkor" futbol klubi jamoaning fidoyi muxlislari hamda xodimlariga shuni ma'lum qiladi-ki, hammasi joyida, xavotirga o'rin yo'q va "qaldirg'ochlar" o'z oldiga qo'yilgan maqsaddan og'ishmay parvozda davom etadi" - deyiladi klub bayonotida.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbunyodkor.com