Rasman: "Everton" yarim himoyachisi "Fiorentina"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
8 avg 2018, 19:39
"Fiorentina" klubi "Everton" a'zosi Kevin Miralyas transferini e'lon qildi.

30 yoshli belgiyalik keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olindi. Agar italiyaliklar futbolchini sotib oladigan bo'lishsa, u bilan 4 yillik shartnoma imzolashadi.

Miralyas o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasida o'tkazgan edi.

Kevin yangi jamoasida 11-raqamda to'p tepadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: violachannel.tv