Rasman: “Everton” futbolchisi “Al Vahda” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
26 sen 2022
“Everton” yarim himoyachisi Allan faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.

U “Al Vahda” (BAA) bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Braziliyalik 2020 yildan beri “Everton” sharafini himoya qilib kelayotgan va APLda umumiy 52 bahsda qatnashib, 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirgan.

31 yoshli o'yinchi mersisaydliklardan tashqari, “Udineze”, “Napoli” hamda “Vasko da Gama” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Allan Braziliya TJda 10 ta uchrashuv o'tkazgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia