Rasman: Davron Fayziev "Buxoro" bosh murabbiyiga aylandi

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2021
Bu haqla klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Jamoamiz yangi mavsum oldidan bosh murabbiy Fayziev Davron Orifovich bilan rasman shartnoma imzoladi.

2019 yilgi mavsum “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi va o'tgan mavsum “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiy yordamchisi sifatida ish olib borgan Davron Fayziev endilikda “Buxoro” jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyatlarini davom ettiradilar.

Shuningdek, Davron Orifovichga murabbiylar shtabida mahalliy murabbiylar Mirislom Hasanov, Suhrob Qobilov va darvozabonlar murabbiyi Nurillo Habibovlar yordam beradigan bo'ldi", deb yoziladi klub xabarida.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/buxoropfc