Rasman: "Brayton" - "Tottenxem" uchrashuvi "shporlar"da aniqlanayotgan koronavirus sabab qoldirildi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2021
Koronavirus futbol o'yinlariga yana o'z ta’sirini o'tkazmoqda.

APL 16-turidan o'rin olgan "Brayton" - "Tottenxem" uchrashuvi "Tottenxem" klubining so'roviga ko'ra qoldirildi. "Shporlar" jamoada kuchayib borayotgan koronavirus kasalligi sabab uchrashuvni keyinroqqa ko'chirishni so'ragan. APL esa bu talabni qo'llab-quvvatladi.

Uchrashuv o'tkaziladigan yangi sana tez orada e'lon qilinadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.tottenhamhotspur.com