Rasman: Beyli "Aston Villa" o'yinchisiga aylandi

Alisher
4 avg 2021
"Aston Villa" matbuot xizmati yarim himoyachi Leon Beylining transferini e'lon qildi.

23 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Yamaykalik futbolchining oldingi klubi "Bayer" bo'lgan edi va futbolchi nemis jamoasida 2017 yildan beri harakat qilayotgandi.

Beyli "Bayer" libosida jami 156ta o'yinda maydonga tushib, 39ta gol va 26ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: avfc.co.uk