Rasman: Benitesning "Nyukasl"iga koreyalik futbolchi borib qo'shildi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2018
"Suonsi" yarim himoyachisi Ku Sun Yong "Nyukasl"ga o'tdi.

"Qarg'alar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, koreyalik futbolchi yangi jamoasi bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkan. Rafael Benites uning xalqaro tajribasidan foydalanib, asosiy tarkib futbolchisiga aylantirish niyatidaligini ma'lum qilgan.

O'tgan mavsumda Ki 32 uchrashuvda maydonga tushdi va 2 gol urib, shuncha golga assistentlik qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NUFC