Rasman: Benites "Everton"dan ketdi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2022
"Everton" ustozi Rafael Benites iste'foga chiqarildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

"Jamoaga 2021 yilning iyunida kelgan Benites APL doirasidagi "Norvich"ga qarshi o'yindan so'ng (1:2) ishdan bo'shatildi. 

Tez orada yangi murabbiy nomi e'lon qilinadi", – deyiladi rasmiy xabarda.

"Norvich"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat "Everton" uchun APL ushbu mavsumdagi o'n ikkinchisi bo'ldi. "Irislar" musobaqa jadvalida 15-o'rinni egallab turishibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: evertonfc.com