

Angliya Premer Ligasi yana to'rtta uchrashuv noma'lum muddatga qoldirilganligini e'lon qildi.
18 dekabr kuniga belgilangan Sautgempton – Brentford, Uotford – Kristal Pelas, Vest Xem – Norvich, shu bilan birga, 19 dekabr kuni o'tkazilishi lozim bo'lgan Everton – Lester o'yinlari boshqa sanaga ko'chirildi.
Koronavirus o'choqlari "Lester", "Uotford" va "Brentford" klublarida avj olgan. Shu bilan birga, "Norvich" tarkibida ham zararlangan o'yinchilar bor. Yuqoridagi klublarda o'yinlarda qatnashish uchun etarli o'yinchilar yo'q.
Ma'lumot uchun, APL 12 dekabrdan boshlab to'qqizta o'yinni qoldirishga majbur bo'ldi.