Rasman: Alli APLning boshqa jamoasiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
1 fev 2022
“Tottenxem” hujumkor yarim himoyachisi Dele Alli “Everton” a'zosiga aylandi.

Mersisaydliklar 25 yoshli futbolchi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Klub uni tekinga qo'lga kiritdi, ammo Alli “Everton” safida 20 ta o'yin o'tkazadigan bo'lsa, u holda rahbariyat “shporlar”ga 12 mln evro o'tkazib beradi. Shuningdek, har xil bonuslar bilan birga ushbu summa 35-45 mln atrofiga etishi aytilmoqda.

Ingliz futbolchisi 2015 yildan beri londonliklar sharafini himoya qilib kelayotgandi. U joriy mavsum jamoa libosida 18 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: evertonfc.com