Rasman: "Al Nassr" yana bir legionerning transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2023, 19:51
"Al Nassr" matbuot xizmati Seko Fofana bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Saudiya Arabistoni klubi transfer uchun "Lans" klubiga 30 mln evro to'laydi. 

Fofana 2022/23 yilgi mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/AlNassrFC_EN