Rasman: "Al Ayn" qozog'istonlik futbolchining transferini e'lon qildi

Alisher
31 yanv 2020, 15:24
Qozog'iston terma jamoasi yarim himoyachisi Baurjan Islamxan BAAning "Al Ayn" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Islamxan "Al Ayn" safida 8-raqam ostida o'ynaydi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 26 yoshli "Qayrat" sobiq futbolchisi bundan biroz avval "Zenit"da ham ko'rikdan o'tgan edi.

Eslatib o'tamiz, Baurjan Islamxan "Qayrat"ni erkin agent sifatida tark etgan. Uning almatiliklar bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilining so'nggida yakunlangan edi va o'yinchi bitimni uzaytirmagandi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/alainfcae