Raqibimiz Yaponiya asosiy yetakchisini Osiyo kubogiga olib bormaydi

Mirjalol Normatov
12 dek 2018
Yarim himoyachi Shinji Kagava Dortmundni tark etmoqchi.

Yanvar oyida u boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib borishga tayyor. "Kicker" xabariga ko'ra, yaponiyaliklar bosh murabbiyi Xajime Moriyasu ushbu futbolchini 5 yanvar-1 fevral kunlari BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogiga olib bormaydi. Uning familiyasi yakuniy ro'yxatga kiritilmadi.

Yaponiya termasi Osiyo kubogining F guruhida O'zbekiston, Ummon va Turkmaniston termalariga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal