Rangnik: "Sautgempton" bilan boshqacha o'ynash kerak"

Mirjalol Normatov
12 fev 2022
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik APL doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alabaga erishishimiz shart. "Midlsbro" hamda "Bernli"ga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo g'alabaga erisha olmadik. "Sautgempton" bilan esa boshqacharoq o'yin ko'rsatish kerak bo'ladi.

Bayi, Fred va Matich jarohatlangan. Ular o'yinda ishtirok etishmaydi. Telles kecha mashg'ulotlarni boshladi. U o'yin qaydnomasida bo'ladi. Biroq Telles bilan gaplashib olishim kerak", - dedi mutaxassis.

"Manchester Yunayted" hamda "Sautgempton" o'rtasidagi o'yin 12 fevral kuni 17:30da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal