Bosh murabbiy Spaletti bilan kelisha olmayotgan "Roma" futbolchisi Franchesko Totti Angliya klubiga ko'chib o'tishi mumkin, deya xabar qilmoqda The Sun.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri Tottini o'z jamoasiga taklif qilmoqchi.
Futbolchining "bo'rilar" bilan shartnomasi yozda o'z yakuniga etadi. Tottining o'zi esa faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.