Rakitich: “Natija odamni xafa qiladi”

“Sevilya” yarim himoyachisi UEFA Superkubogi bahsidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bavariya”ni tabriklayman. Natija odamni xafa qiladi, ammo bu futbol. Bugun biz Noyer ular uchun qanchalik muhim ekanligini ko'rdik. Bizda hisobda oldinga chiqib olish uchun 2 ta yaxshi vaziyat bo'lgandi, ammo Manuel ikkalasini ham o'zi hal qildi. Raqibga ahmoqona burchak to'pini sovg'a qildik, ular esa gol urdi. Ammo Yevropaning eng kuchli jamoasiga qarshi shunday o'ynay olganimiz bilan faxrlanamiz. Yangi mavsumga tayyor ekanligimizni his qilyapmiz”, - deydi Rakitich.


Manba: UEFA