Rakitich: "Kiyinish xonasida hech qachon buncha ko'p odam yig'laganini ko'rmaganman"

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2016
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich Portugaliyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.

"Afsuski jamoamiz uyga qaytmoqda. Bu sport va qo'limizdan keladigan yagona narsa Portugaliya terma jamoasini tabriklash. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish - mag'lub bo'lishning eng yomon uslubi. Kerakli so'zlarni topish qiyin, sport har doim ham adolatli emas.

Xorvatiya terma jamoasi Yevropada eng yaxshilardan biri ekanligini isbotladi. Kiyinish xonasida hech qachon buncha ko'p odam yig'laganini ko'rmaganman. Qo'llaganingiz uchun rahmat. Qo'limizdan kelgan barcha ishni bajardik" - deydi Rakitich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com