Rakitich: "Hammasi qo'limda bo'lganida, Neymar uchun eshikni ochgan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
11 mar 2018
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich PSJ forvardi Kataloniya klubiga qaytmoqchi ekanligi haqidagi xabarga izoh berdi.

Braziliyalik 2017 yilning yozida 222 mln. evro evaziga "Barselona"dan PSJga o'tgan edi.

"U menga bu haqida hech narsa aytmadi, biroq agar hammasi qo'limda bo'lganida, Neymar uchun eshikni ochgan bo'lardim. Faqat munosabatlarimiz uchun emas, balki u kuchli futbolchiligi tufayli. Doimo u bilan bir jamoada o'ynashni xohlaganman" - deydi Rakitich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca