Rakitich: "Barselona" ustidan qozonilgan g'alabadan faxrlanishimiz mumkin"

Alisher
11 fev 2021, 16:28
"Sevilya" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Barselona"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, ilk yarim final o'yinida "Sevilya" raqib ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Sevilyaliklarning ikkinchi goliga Ivan Rakitich mualliflik qildi.

"Bu ajoyib natija, ammo biz hali hech narsa hal etilmaganini bilamiz. Biz juda ham mamnunmiz va oxirigacha kurashdik, ammo oldinda Barselonadagi o'yin bor.

Men golni nishonlamadim, sababi "Barselona"ni juda ham hurmat qilaman. Men u yerda ajoyib 6 yilni o'tkazdim. Gol urganimdan mamnunman, ammo bu atigi muvaffaqiyatimizning bir qismi. 1:0 2:0dan keskin farq qiladi. Biz xursand bo'lishimiz va g'alaba qanday qo'lga kiritilganidan faxrlanishimiz mumkin", - deydi Rakitich.

Eslatib o'tamiz, javob o'yini 3 martda "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. Ispaniya Kubogining boshqa yarim finalida esa "Atletik" (Bilbao) va "Levante" jamoalari to'qnash keladi.


AlisherMuallif
Manba: Marca