Rayan Giggz: "MYU" hozircha kiyimxonaga kirsam jim bo'lib qolishmayapti"

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013
"Manchester Yunayted" Rayan Giggz klubdagi o'zining yangi lavozimi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Manchester Yunayted"da murabbiylik qilish menga yoqmoqda.

To'g'ri hozircha kiyimxonaga kirganimda barcha jim bo'lib qolayotgani yo'q. Ammo murabbiylikka o'qish va o'rganish oldimda turgan maqsadlardan biri.

Yangi bosh murabbiy bilan ishlashdan xursandman. Albatta, natijalarimizni yaxshiroq bo'lishidan umid qilgandim, ammo hozircha faqat mavsumning dastlabki 7-8ta o'yini bo'lib o'tdi", – deydi Giggz.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru