Raja Nainggolan: “Barselona” bilan o'yinda boshdan baland sakrashga urinib ko'ramiz”

Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan “Barselona”ga qarshi kechadigan YCHL 1/4 final javob uchrashuvi doirasidagi o'yin oldidan o'z fikrini bildirdi.

Bu ikki jamoaning “Kamp Nou”da o'tgan ilk uchrashuvida Kataloniya super klubi yirik 4:1 hisobida g'alaba qozongan edi. 

“Bizga ilk o'yinda omad kulib boqmagandi. Hisob yirik bo'lsada, biz “Barselona”ga qarshi munosib o'yin namoyish etgandik. Endi javob o'yinida boshdan balandroq sakrashimizga to'g'ri keladi. Qahramonlik ko'rsata olishimizga umid bog'lab qolaman”, – dedi Nainggolan.


Manba: