Rafael Benites o'zi murabbiylik qilgan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
23 avg 2024
Murabbiy Rafael Benites "Liverpul"da Stiven Jerrard bilan birgalikdagi faoliyati haqida gapirdi.

Ispaniyalik mutaxassis ingliz klubiga 2004-2010 yillar davomida murabbiylik qilgan.

"Stivi - men shug'ullantirgan eng yaxshi futbolchi. "Real"daligimda bunday deya olmasdim, biroq hozir ayta olaman. Gapim tushunarli, unda bu uchun barcha jihatlar etarlicha.

Jerrardga etishmagan yagona jihat - taktik bilimlari past edi. Stivi zo'r futbolchi bo'lgan, doimo faollik namoyish qilardi. Lekin u shunchaki poziciyani noto'g'ri tanlardi", - dedi "Liverpul"ning sobiq murabbiyi Benites.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal