Radamel Falkao Xitoyga ketishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
4 fev 2016
Radamel Falkaoning "Atletiko"ga qaytishi amalga oshmadi.

Kolumbiyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh transfer oynasining so'nggi kuni Falkaoni "Atletiko"ga o'tkaza olmadi.

Ma'lum bo'lishicha, hujumchi "Chelsi" zaxira o'rindig'ida o'tirishdan ko'ra, Xitoyga yo'l olib yaxshigina pul ishlab olish niyatida.

Eslatib o'tamiz, Xitoyda transfer oynasi 26 fevral kuni yopiladi. Shu sababli, futbolchida variantlarni ko'rib chiqish uchun vaqt etarli bo'ladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru