Qurbon Berdiev: Galiulin ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2013, 11:16
Yevropa ligasi 2 saralash bosqichi javob bahsi hisoblangan Rubin - Yagodina o'yinidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyga hamyurtimiz haqida savol berildi.
Qurbon Berdiev o'yin qiyin bo'lganini tan oldi.

- Oldindan taxmin qilinganidek o'yin qiyin, tezkor va shiddatli kechdi. Yaratganga shukur keyingi bosqichga chiqdik.

- Galiulin va Azmunning o'yinlari haqida nima deya olasiz?


- Vagiz Galiulin birinchi bo'limda u qadar faol bo'lmadi, ikkinchi bo'limda esa o'z saviyasida o'ynadi. Azmunga kelsak birinchi o'yin uchun yaxshi o'ynadi deb o'ylayman, - deydi Berdiev klub rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: rubin-kazan.ru