

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev o'yinda hisobni ochdi. 26ta o'yindan 61 ochko to'plagan "Tobol" Qozog'iston chempioniga aylandi! Igor Sergeevni chempionlik bilan muborakbord etamiz!
Ma'lumot uchun, Sergeev mavsum yarmida Qozog'iston chempionatiga ko'chib o'tdi va 11ta gol urishga erishdi. To'purarlar poygasida hamyurtimiz uchinchi o'rinni egalladi.
"Akjayik" - "Tobol" 0:2
Gollar: Igor Sergeev (27), Asxat Tagibergen (60)




