Qozog'iston. "Ordabasi" chempionlik uchun bir qadam tashladi

Mirjalol Normatov
1 okt 2023
Qozog'iston chempionatida "g'alvir suvdan ko'tariladigan vaqt kelmoqda.

Chempionatning 24-turida "Ordabasi" safarda "Jetisu" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Shu orqali chimkentliklar ikkinchi o'rindagi "Astana" bilan farqni 6taga oshirdi. Chempionat tugashiga 2 tur qolganida nega chempionlik rasmiylashtirilmadi, degan fikr o'tgandir. O'zaro o'yinlarda "Astana"ning ustunligi bor. Ular ikkala bahsda ham bir xil 2:1 hisobida zafar quchishgan. Demak, "Ordabasi"ni navbatdagi ikki o'yindagi bir ochko ham chempion qiladi.

"Jetisu" - "Ordabasi" 1:2

Gollar: Amirseitov (80) - Besedin (56), Erlanov (64).

"Jetisu": Revyakin, Baltabekov, Rafkat, Kadio, Amirseitov, Chuchkich, Brikner (Xasayn, 67), Cincadze, Nurbergen, Amirxanov, Rusevich.

"Ordabasi": Shayzada, Maliy, Erkenbek, Matich, Guyumbaev, Tagibergen, Jaksilikov (Umarov, 67), Makarenko, Auro, Besedin, Abdixoliqov.

QOZOG'ISTON CHEMPIONATI TURNIR JADVALI


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia