Qozog'iston Kubogi. "Tobol" irodali g'alabaga erishdi, Sergeev gol urdi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2021
"Tobol" Qozog'iston Kubogi 5-turida "Taraz"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Quvonarlisi, ushbu o'yinning 69-daqiqasida O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev raqib darvozasini ishg'ol etdi.

"Tobol" – "Taraz" 2:1

Gollar: Igor Sergeev 69', Sultan Abilgazi 90+2' – Bauirjan Baytana 44'

"Tobol": Sultan Busurmanov, Sultan Abilgazi, Roman Asrankulov, Ruslan Valiullin, Aleksandr Marochkin, Samat Jarinbetov, Dushan Yovanchich, Igor Sergeev, Jeremi Manzorro, Azat Nurgaliev, Daniyar Semchenkov

"Taraz": Muhummadjon Seysen, Berik Aytbaev, Maksat Amirxanov, Eldos Axmetov, Berik Shaixov, Kojo Kasse Alfons, Bauirjan Baytana, Arman Nusip, Arman Nusip, Marat Shaxmetov, Urosh Nenadovich



Ayni paytda "Tobol" "B" guruhida 9 ochko jamg'arib, "Taraz" bilan ochkolarini tenglashtirib oldi, ammo kostanayliklar qo'shicha ko'rchatkichlarga ko'ra etakiga aylanishdi. Guruhda pley-offga chiqish uchun birinchi liganing "Maxtaaral" jamoasi (8 ochko) ham kurashmoqda. "Atirau" esa 2 ochko bilan so'nggi pog'onaga joylashgan.

Aytish joiz, turnir yangi formatda o'tkazilmoqda. Unga ko'ra 2 davra (6 tur)dan keyin 1/4 finaldan olimpiya tizimi ishga tushadi, yani yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Guruh bosqichi 10 iyuldan start oldi. Final 28 noyabrda o'tkazilishi rejalashtirilgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar