Qozog'iston Kubogi. "Tobol" birinchi liga jamoasiga yirik hisobda yutqazdi, Sergeev esa...

Sherzod Nurmatov
1 avg 2021
"Tobol" bir haftada ikkinchi marta "Maxtaaral"ga engildi.

Gurug bosqichidan o'rin olgan 4-tur uchrashuvi 4:0 hisobida "Maxtaaral" foydasiga hal bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev qaydnomaga kiritilmadi. Kuni kecha "Xayduk"ni mag'lub eta olgan "Tobol" bugungi o'yinda uchinchi tarkib a'zolarini maydonga tushirdi. Jumladan, jamoaning 7 nafar tarbiyalanuvchisi o'z debyutini o'tkazdi.

"Maxtaaral" – "Tobol" 4:0

Gollar: Dramane Kone 31, Evgeniy Levin 51, Edige Oralbay 87, Sultanbek Duyseshov 90+1

"Maxtaaral": Kajimukan Tolepbergen, Erbolat Serik, Valeriy Stepanenko, Vladimir Sedelnikov, Dierjon Aripov, Andrey Shabaev, Dramane Kone, Evgeniy Levin, Madi Xaseyn, Rashid Lyuxay, Edige Oralbay

Zaxira: Aleksandr Rushinas, Aleksandr Nosov, Erbolat Rustemov, Viktor Grabko, Iskandar Xolmurzaev, Beknur Riskul, Sanjar Satanov, Tamerlan Suatbaev, Islam Yunusov, Meyrambek Serikbay, Kaysar Aymurzaev, Sultanbek Duyseshov

"Tobol": Vladimir Shpakovskiy, Andrey Drobishev, Vyacheslav Kulpeisov, Ilyas Almuxamedov, Dmitriy Panov, Marat Alpisbaev, Alsaid Axmetjanov, Raxat Kabdullov, Bekzat Japarov, Bekzat Ermekbaev, Farid Shaymerdenov

Zaxira: Yuriy Melixov, Bekzat Minaydarov, Arman Tungushbaev, Aleksandr Krica, Ali Abdibek, Nurbek Bayjanov, Matvey Coy, Toktar Baydavletov, Ali Axmet

Ogohlantirishlar: Bekzat Japarov (20), Madi Xaseyn (29), Raxat Kabdullov (34). 

Ayni paytda "Tobol" "B" guruhida 6 ochko bilan uchinchi o'rinda turibdi, "Maxtaaral" esa 7 ochko bilan ikkinchi o'ringa joylashdi. Guruhda "Taraz" (9 ochko) yetakchilik qilmoqda, oxirgi o'rinda "Atirau" boryapti (1 ochko).

Aytish joiz, turnir yangi formatda o'tkazilmoqda. Unga ko'ra 2 davra (6 tur)dan keyin 1/4 finaldan olimpiya tizimi ishga tushadi, yani yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Guruh bosqichi 10 iyuldan start oldi. Final 28 noyabrda o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar